TIZIM HAQIDA

DAT (Digital Authentic Technology) tizimi tovarlarning originalligini tekshirish uchun onlayn xizmatni taqdim etadi.

Tizim tovar va brendlarni onlayn rejimda qalbakilashtirishdan kechayu kunduz himoya qiladi, iste’molchilarga xaridning haqiqiyligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot beradi.

Har bir mahsulot faqat ungagina tegishli bo‘lgan PIN kodga ega bo‘lgan stiker bilan belgilanadi. Ushbu PIN kod maxsus qatlam bilan himoyalangan bo‘lib xaridor bu himoya qatlamini o‘chirib tashlab, tizim saytida bu kodni tekshirib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Tekshirish vaqtida tizim maxsulotning haqiqiy (original) yoki qalbaki (kontrofakt) ekanligi haqidagi ma’lumotni chiqarib beradi. Bordi-yu tekshirish natijasiga ko‘ra mahsulot qalbaki bo‘lib chiqsa tizim tovarning qachon va qayerda xarid qilinganligi haqida ma’lumot qoldirishni taklif etadi.

World Trading Company

СП ООО “WORLD TRADING COMPANY” создано 2013 году в Ташкенте с целью организации совместного производства охлаждающих жидкостей (антифризов и тосолов) под брендом “FELIX” с российской компанией «Тосол-Синтез».

SHUBHALI HOLAT

Siz qalbaki mahsulot xarid qilgan bo‘lsangiz nima qilmog‘ingiz zarur?

Tizimda PIN kodni tekshirish natijasida kiritilgan kod tizimda ro‘yxatdan o‘tmaganligi, yoxud sizdan avval ham bu kod tekshirish uchun tizimga kiritilganligi haqida ma’lumot olgan taqdirigngizda bilingki, bu qalbaki mahsulot bo‘lishi mumkin. E’tibor bilan PIN kodni to‘g‘ri kiritganizga amin bo‘ling. Bordi-yu kod to‘g‘ri terilgan bo‘lib, mahsulot qalbaki bo‘lib chiqsa, u holda:

  1. 1. Qalbaki mahsulotni xarid qilingan joyga qaytaring va pulingizni qaytarilishini talab qiling.

Sotuvchiga mahsulotni qanday yo‘l bilan tekshirganingizni va tizimdan qanday javob olganingizni ma’lum qiling. Imkoniyat mavjud bo‘lgan hollarda tizimdan olingan javobni ko‘rsating.

Bordi-yu sotuvchi pulingizni qaytarishdan bosh tortsa:

  1. 2. Da’vo arizasini yozib, sotuvchiga jo‘nating

Sotuvchi pulingizni qaytarishdan bosh tortsa, yoki xarid vaqtidan buyon ma’lum vaqt o‘tib ketgan bo‘lsa, ikki nusxadagi yozma ko‘rinishdagi da’vo arizasini tuzing. Ulardan birini sotuvchiga berib, ikkinchisini o‘zingizda qoldiring. Sotuvchidan sizda qolayotgan nusxaga uni qabul qilib olganlik haqida belgi qo‘yib berishini iltimos qiling: sotuvchi ism-sharifi, lavozimi va qabul qilib olgan vaqtini ko‘rsatib imzo chekib berishi lozim bo‘ladi. Bordi-yu sotuvchi da’voga imzo chekishdan bosh tortsa o‘zingizga tegishli nusxaga bu haqida yozib sotuvchi manziliga buyurtmali xat qilib jo‘nating.

  1. 3. Sudga, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi va ichki ishlar organlariga murojaat qiling.

Sotuvchi sizning pochta orqali yuborgan da’voingizni olgandan keyin ham talabingizni qondirishdan bosh tortsa sudga murojaat qilib huquqlaringizni himoya qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, sotuvchining noqonuniy xatti-harakatlari haqida quyidagi tashkilotlarga shikoyat qiling:

- mavjud bo‘lgan holda sotuvchidan yuqori turuvchi tashkilotga

- Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasiga. Murojaat uchun manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100128, Labzak koʻchasi, 3. Tel.: (+998 71) 207-47-00, Faks: (+998 71) 241-92-04, e-xat: antimon@exat.uz,e-mail: info@antimon.gov.uz

- ichki ishlar organlarining mahsulotlarni qalbakilashtirsh bilan kurash bo‘limlariga

- prokuraturaga

Bundan tashqari siz bizga o‘zingizning elektron manzilingizni yoki telefon raqamingizni ko‘rsatgan holda kim va qayerda sizga qalbaki maxsulot sotgani, hamda qaysi sabablarga ko‘ra pulingizni qaytarishdan bosh tortayatganligi haqidagi ma’lumotni qoldirishingiz mumkin.

Murojaat

Manzil
130900, O‘zbekiston Respublikasi, Jizzah viloyati, Paxtakor tumani, Beruniy ko'chasi, Gʻalaba MFY uyi 22

Phone: +1234567890123
Email: email@yourdomain.com